"Liverpul" "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis uchun kurashga kirishdi. Aynan "mersisaydliklar" kanadalik futbolchining Angliyaga ko‘chib o‘tishdagi ustuvor variantiga aylandi, deb xabar bermoqda The Athletic nashri. Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" Devisga jiddiy murojaat qildi.
Manbaga ko‘ra, Devis klubdagi beqarorlik tufayli "Manchester Yunayted" bilan variantni ikkinchi planga surgan.
Avvalroq, OAVda Devis uning xizmatlariga qiziqqan "Real"ga o‘tmoqchiligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Boshqa manbalarga ko‘ra, Alfonso "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv kelasi yozda yakuniga yetadi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.