Braziliya terma jamoasi va “Real Madrid” klubining sobiq himoyachisi Roberto Karlos 2002 yilgi “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egallagani haqida gapirdi. O‘sha yili mukofot Ronaldo qo‘lga kiritgandi.
“Men har doim Ronaldoga o‘sha yili “Oltin to‘p” meniki bo‘lgani, u esa mendan o‘g‘irlaganini aytaman. 2002 yilgi Jahon chempionati finaligacha favorit bo‘lganimni eshitdim, musobaqaning so‘nggi 90 daqiqasida mukofotni yo‘qotib qo‘ydim... Lekin himoyachi sifatida “Oltin to‘p” uchun bahsda ikkinchi o‘rinni egallash ajoyib natija. Faqatgina Frans Bekkenbauer, Mattias Sammer va Fabio Kannavaro himoyachi bo‘lib ushbu mukofotga ega chiqdi. Shuning uchun ikkinchi o‘rinni olganim bilan faxrlanaman”, - deydi Karlos.
Eslatib o‘tamiz, JCH—2002 finalida Braziliya terma jamoasi Germaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. Ushbu uchrashuvda Ronaldo dubl qayd etgan.