«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoasining Yevropa ligasi doirasida «Viktoriya»ga qarshi bahsdagi (2:1) o‘yini haqida gapirdi.
«O‘yin davom etar ekan, biz yaxshilanib bordik. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, ammo jiddiy vaziyatlar yarata olmadik. Bizga tezlik va chaqqonlik yetishmadi, maydon holati tufayli to‘pni ushlab turish qiyin edi. «Viktoriya» ham hech narsa yaratmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida gol o‘tkazib yubordik, ammo yaxshi javob qaytardik. Juda muhim g‘alaba.
Tanaffusda futbolchilarga raqib darvozasiga ko‘proq yaqinlashish kerakligini aytdim. Biz tezroq harakat qila boshladik», dedi Amorim.