«Manchester Yunayted» hujumchisi Rasmus Xyoylunn klub rekordchisiga aylandi.
Daniyalik Yevropa Ligasi doirasida Chexiyaning «Viktoriya» jamoasiga qarshi o‘yinda 62 va 88-daqiqalarda raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi. Hozirda forvardning yevrokuboklarda «qizil iblislar» safida o‘nta goli bor. «UtdDistrickt» ma’lumotlariga ko‘ra, Xyoylunn «Manchester Yunayted» tarixida 22 yoshga to‘lmasdan oldin bu marraga erishgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Rasmus hozirda 21 yoshda. Futbolchi 4 fevral kuni 22 yoshini nishonlaydi.