"Barselona" boshqa klublardan qiziqish uyg‘otayotgan Rafinya Dias bilan xayrlashishni istamayapti.
Qanot hujumchisi mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda, bu esa o‘ziga yanada ko‘proq e’tiborni jalb etmoqda. Transfer News Live nashrining xabar berishicha, "Barselona" Rafinya bo‘yicha 100 million yevrodan kam bo‘lgan takliflarni ham ko‘rib chiqmaydi. Manbaga ko‘ra, Londonning "Chelsi" klubi braziliyalik uchun 85 million yevrodan kam taklif qilgan.
27 yoshli futbolchining "blaugrana" bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Rafinya ushbu mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi safida 23 uchrashuvda 17 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.