"Real"ning sobiq futbolchisi, hozirda "Rayo Valyekano"da to‘p tepayotgan Xames Rodriges sobiq jamoadoshlarini esladi.
Shanba kuni "Los Blancos" La Liga doirasida "Rayo"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin oldidan 33 yoshli kolumbiyalik futbolchi "Real"dagi jamoadoshlaridan qaysi biri bilan yaqin bo‘lganini esladi.
"Ko‘pchilikni aytish mumkin. Marselo, Pepe, Keylor Navas, Serxio Ramos. Men hamma bilan yaxshi munosabatda bo‘lganman. Birga o‘ynaganimizda Krishtianu Ronaldu bilan ham yaxshi munosabatda bo‘lganman. Agar "Real Madrid"ning hozirgi tarkibidagi futbolchilar haqida gapiradigan bo‘lsak, men ba’zan Lukas Vaskes bilan xabar almashib turaman", dedi 2014 yildan 2020 yilgacha "qirollik klubi"da o‘ynagan Xames.