Londonning "Chelsi" jamoasi Tomas Tuxel ketganidan keyin eng uzoq davom etgan g‘alabali seriyasini qayd etdi.
Payshanba kuni "ko‘klar" Konferensiyalar ligasi o‘yinida "Astana"ni (3:1) mag‘lub etishdi, bundan oldin esa "Tottenxem" (4:3), "Sautgempton" (5:1), "Aston Villa" (3:0), "Xaydenxaym" (2:0) va Lester (2:1) klublarini mag‘lub etishgandi. TNT Sports xabariga ko‘ra, bu 2022 yildan beri birinchi marta "Chelsi"ning ketma-ket olti o‘yinda g‘alaba qozonishidir. O‘shanda jamoani Tomas Tuxel boshqargan.
Qizig‘i shundaki, seriya yettinchi o‘yinda to‘xtatilgandi - "Brentford"ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Enso Mareska jamoasining navbatdagi raqibi - "Brentford". Uchrashuv yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da bo‘lib o‘tadi.