"Rayo Valyekano" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Real"da o‘ynagan vaqtini esladi.
Kolumbiyalik futbolchini 2014 yilda "Los Blankos" "Monako"dan 75 million yevroga sotib olgandi. Olti yil o‘tib, hujumkor yarim himoyachi erkin agent sifatida "Everton"ga o‘tdi.
"Balki men "Real"da yana bir-ikki yil qolishim mumkin edi va mening faoliyatim biroz yaxshilangan bo‘lardi. Ammo hamma narsa ortda qolib bo‘ldi. Muayyan holatlar tufayli qolishimga ruxsat berishmadi. O‘ylaymanki, yana ikki yoki uch yilni klubda o‘tkazishim mumkin edi", - deya 33 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Marca.