"Reynjers" bosh murabbiyi Filipp Kleman Evropa ligasi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o‘yindan so‘ng (1:1) fikr bildirdi.
"Yigitlar chaqiruvni qabul qilishdi va biz xohlagan narsani ko‘rsatishdi. Hozir menda g‘alaba qozonishimiz kerak edi, g‘alabaga munosib edik degan fikr paydo bo‘ldi. O‘ylaymanki, Shotlandiya futboli uchun yaxshi reklama bo‘ldi, biz Premyer-liganing top jamoasi bilan raqobatlashdik.
Men jamoam shunday mentalitetga ega bo‘lishini istayman - bizni bir ochko qoniqtirmaydi. Bizda katta salohiyat bor, lekin tajriba orttirish va tezroq harakat qilish, tezroq qaror qabul qilish muhim. Biz uchun och qolish va ishlashda davom etish muhim. Bu mening jamoaga xabarim", dedi Kleman.