Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasining "Atalanta"ga qarshi so‘nggi o‘yinida jarohat oldi. Payshanba kuni fransiyalik futbolchi ko‘rikdan o‘tdi, shundan so‘ng Madrid klubi rasmiy saytida bu haqda bayonot berdi. Biroq, bu bayonot Mbappe muammosi qanchalik jiddiy ekanini tushunishga imkon bermaydi.
"Bugun o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklardan so‘ng Kilian Mbappe tibbiy bo‘lim tomonidan chap oyog‘ining son qismidan jarohat olgani aniqlandi. Futbolchining ahvoli kuzatib boriladi", - deyiladi xabarda.
"Real" navbatdagi o‘yinini 14 dekabr, shanba kuni Ispaniya chempionati doirasida "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.