Madridning "Real" klubi Kilian Mbappening jarohatini tasdiqladi.
Hujumchi Chempionlar ligasining 6-turi doirasidagi "Atalanta"ga (3:2) qarshi o‘yinning 1-bo‘limida jarohat olgandi.
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra Mbappega chap son jarohati tashxisi qo‘yilgan.
Jurnalist Arancha Rodrigesning xabar berishicha, fransiyalik futbolchining tiklanishi taxminan 10 kun davom etadi. Mbappe shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Rayo Valyekano"ga qarshi La Liga o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin, "Real Madrid" forvardi 18 dekabr kuni FIFA qit’alararo kubogi finalida o‘ynash uchun "ozgina imkoniyat"ga ega.