Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Matyo Valbuena Didye Deshamning Kilian Mbappeni terma jamoadan chetlatgani haqida fikr bildirdi.
Bu vaziyatda Valbuena Desham tomoniga o‘tdi.
"Sardor bo‘lish shunchaki qo‘lga bog‘ich taqish degani emas.
Bu katta mas’uliyatni bildiradi. U charchagan bo‘lsa ham terma jamoa yig‘iniga uchib ketishi kerak edi.
Bu ham sardorning zimmasida. Juda g‘alati narsalar sodir bo‘lmoqda", - deya Valbuenaning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.