Ispaniya terma jamoasi, «PSJ» va «Real»ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini Argentina chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Bu haqda AS jurnalistlari xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, tajribali futbolchini o‘z safiga "Boka Xuniors" klubi qo‘shib olmoqchi.
Klub rahbariyati ispaniyalik himoyachini sotib olishga jiddiy kirishgan.
"Boka" Ramosni boshqa jahon yulduzi - urugvaylik markaziy hujumchi Edinson Kavaniga sherik qilmoqchi.