Kilian Mbappening Shvesiyada zo‘rlashda ishtirok etgani bo‘yicha ish yopildi.
Oktyabr oyida Fransiya terma jamoasi sardori terma jamoaning Millatlar ligasi doirasidagi Isroilga qarshi o‘yinida (4:1) Stokgolmda dam oldi. Fransuzni restoranda, keyinroq esa tungi klubda ko‘rishgan.
Keyinroq, Stokgolm markazidagi mehmonxonada "Real Madrid" forvardi ustidan zo‘rlanganlik haqidagi shikoyat yuzasidan polisiya tekshiruvi olib borildi.
Mbappe bu ma’lumotni yolg‘on deb atadi. Biroq zo‘rlangan ayol uni voqea aybdori sifatida ko‘rsatdi.
Bugun Shvesiya prokuraturasi dalillar yo‘qligi sababli ish yopilganini ma’lum qildi.
“Tergov davomida bir kishi zo‘rlash va ikkita jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda asosli gumon qilingan. Ammo, mening baholashimga ko‘ra, keyingi tergov uchun dalillar yetarli emas va shuning uchun tergov yopiq.
Shaxs jinoyat sodir etganlikda ayblanmagan”, — deyiladi prokuror Marina Chirakova matbuot bayonotida.