"Atletiko" g‘alabali seriyasini 10 ta o‘yinga yetkazdi.
Bugun Diyego Simeone shogirdlari Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Slovan Bratislava"ni mag‘lub etishdi (3:1).
Hammasi bo‘lib madridliklar barcha turnirlarda ketma-ket 10 ta o‘yinda g‘alaba qozonishgan. Jamoa jami 30 ta gol urdi.
Oxirgi mag‘lubiyat 27 oktyabr kuni La Ligada "Betis"dan (0:1) uchralgan edi.
Yakshanba kuni "Atletiko Madrid" Ispaniya chempionatining 17-turida "Xetafe"ga qarshi bahs olib boradi.