"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rafinya Diasning holati haqida gapirdi.
Braziliyalik vinger Chempionlar ligasi doirasida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o‘yinning 53-daqiqasida gol urgan bo‘lsa, 71-daqiqada uning o‘rniga Ferran maydonga tushdi.
O‘yin yakunlanganidan so‘ng Flik futbolchi jarohat olmaganini aytdi: "Rafinya jarohati tufayli almashtirilmadi, u shunchaki charchagan edi", - dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi jurnalistlar bilan o‘yindan keyingi suhbatda.