"Real"ning o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal jamoadoshi Kilian Mbappening jarohati borasida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
Fransiyalik hujumchi seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi doirasida "Atalanta"ga (3:2) qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida almashtirilgan edi. Yulduz futbolchining jarohati qanchalik jiddiy ekanligi ma’lum emas.
"Mbappening jarohati jiddiy ko‘rinmaydi", - deydi xoch bog‘lami yirtilgani sababli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradigan Karvaxal. "U yaxshi mashg‘ulot o‘tkazmoqda va tanqidlarga qaramay, ko‘plab gollar urishda davom etmoqda", - deya qo‘shimcha qildi u.