11 dekabr kuni 2030 va 2034 yilgi jahon chempionatlari mezbonlari aniqlandi.
FIFA prezidenti Janni Infantino turnir mezbonlariga ishonib, ular Jahon chempionatini eng yuqori saviyada o‘tkazishini va u butun dunyo kutganidek bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘rishini ta’kidladi:
«Men mezbonlarimizga to‘liq ishonaman, ular jahon talablariga javob beradigan futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazadilar. Jahon chempionati ijobiy ijtimoiy o‘zgarishlar va birlikning o‘ziga xos katalizatori hisoblanadi.
Biz inson huquqlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid qilamiz, bu esa jahon chempionatini qabul qiluvchi tomonning majburiyati hisoblanadi».