Mish-mishlar uzoq vaqtdan beri «Real»ni «Bavariya»ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis bilan bog‘lab keladi. Madridliklar kanadalik futbolchini yozda erkin agent sifatida qo‘lga kiritishi mumkin, ammo «Bavariya» taslim bo‘lmayapti. Myunxen jamoasi allaqachon Devisga shartnomani uzaytirish borasida bir nechta yondashuvlarni amalga oshirgan.
«Cadena SER» xabariga ko‘ra, Devis hali «Bavariya» bilan kelishuvga erishgani yo‘q, biroq futbolchi uning ketishi yaxshiroq bo‘lishiga shubha qila boshlagan. Agar ilgari Alfonso «Real»ga o‘tishga yaqin turgan bo‘lsa, endi bu ssenariy 50/50 deb baholanmoqda.
Qayd etilishicha, «Real» poygada ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Klub Devis oldiga shart qo‘ydi - u yanvardan kechiktirmay aniq javob berishi kerak. Agar bu vaqt ichida «qaymoqranglilar» qat’iy «ha» ni eshitmasalar, ular boshqa nomzodlarga o‘tadilar.