Milanning “Inter” klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni Chempionlar ligasida “Bayer”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
90-daqiqada Nordi Mukielening goli “dorichilar”ga 3 ochko keltirdi.
Simone Indzagi shogirdlari eng nufuzli yevrokubok turnirining joriy mavsumida ilk bor mag‘lub bo‘ldi.
"Bu katta umidsizlik, biz bor jismoniy va ma’naviy kuchimizni berdik. "Bayer" to‘pga egalik qilish borasida eng yaxshi jamoalardan biri.
Yakunda shunday mag‘lubiyatga uchraganimiz juda xafa qildi, biz bunga loyiq emas edik", - dedi Bastoni.