"Napoli" vingeri Xvicha Kvarasxeliya jarohati sabab bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.
Bu haqda Il Mattino nashri xabar bermoqda.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Gruziya terma jamoasining 23 yoshli futbolchisiga tizzasining medial tanglay bog‘lami shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan. Taxminiy tiklanish muddati 2-4 hafta. Bu Kvarasxeliyaning joriy kalendar yilida boshqa o‘ynamasligi ehtimoli ancha yuqori ekanligini anglatadi.
Hozirga qadar gruziyalik vinger "Napoli"ning barcha turnirlar doirasidagi 15 ta o‘yinida ishtirok etib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining neapolliklar klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan, transfer qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.