"Valensiya" - "Real" uchrashuvi sanasi ma’lum bo‘ldi.
La Liganing 12-turi uchun o‘yin noyabr oyi boshida "Mestalya" stadionida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq kuchli yomg‘ir va bo‘ron hamda Valensiyadagi suv toshqini tufayli o‘yin qoldirilgan edi.
Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, o‘yin 2025 yilning 3 yanvarida bo‘lib o‘tadi.
Dastlab o‘yin 2 yanvarga belgilangan edi, biroq Ispaniya futbolchilar assosiasiyasi bu sanaga qarshi chiqdi, chunki bu kelishuvga zid keladi, unga ko‘ra, 23 dekabrdan 2 yanvargacha qo‘shimcha ravishda, futbolchilar rasmiy o‘yinlarda ishtirok etishdan ozod qilinadi.
Relevo nashri xabariga ko‘ra, har ikki jamoa o‘yinchilari dam olishni qisqartirib, 2 yanvar kuni maydonga tushishdan ko‘ra, Rojdestvo bayrami tanaffusidan so‘ng darhol qo‘shimcha bir kun tayyorgarlik olishni afzal ko‘rishgan.
Shu sababli Ispaniya kubogi doirasidagi "Deportiva Minera" - "Real" va "Eldense" - "Valensiya" o‘yinlari ham mos ravishda 6 va 7 yanvarga ko‘chiriladi.