"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘zining "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Pep Gvardioladan farqli o‘laroq, Premyer-ligani adolatli yutgani, "shaharliklar" esa liganing moliyaviy qoidalarini ko‘p buzganlikda ayblanayotgani haqidagi oldingi so‘zlariga izoh berdi.
"Pep bilan uch yil bir chempionatda ishladik. Biz bir-birimizni hurmat qilamiz. Men “Manchester Siti”ni Premyer-ligadan chiqarib yuborishni emas, balki adolatni xohlayman. Kichik jamoalar ba’zan moliyaviy feyr-pley limitini 5-10 yevrodan oshib ketgani uchun jarimaga tortilishi mumkin. "Roma"da ishlaganimda ham shunga o‘xshash cheklovlar tufayli juda ko‘p azob chekdim. Menimcha, bu adolatdan emas.
Biz bir-birimizni hurmat qilamiz va u buni biladi. So‘zlar boshqa, shaxsiy munosabat boshqa. Men faqat adolatni xohlayman, lekin biz o‘zaro salbiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirmaymiz", - deydi Mourinyo.