Ukraina va Gruziya o‘rtasidagi o‘yin birinchi bo‘limda to‘xtatildi.
Polshaning Poznan shahrida Millatlar ligasi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
11-daqiqada stadionda chiroq qisman o‘chib qoldi. Bosh hakam Yulian Vaynberger uchrashuvni to‘xtatishga qaror qildi. O‘yin taxminan 8 daqiqadan so‘ng davom ettirildi.
Bahs ukrainaliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.