FIFA "Barselona"ga Ronald Arauxoning jarohati uchun 2 million yevrodan ko‘proq to‘laydi.
Amerika kubogi vaqtida Urugvay terma jamoasida jarohat olgan himoyachi ertaga Chempionlar ligasi doirasida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o‘yin uchun "Barselona" tarkibiga kirdi. Hammasi bo‘lib Arauxo 157 kunni jarohat sabab maydondan tashqari o‘tkazib yubordi.
FIFA Arauxo terma jamoadagi jarohatidan keyin 28 kunlik muddatdan so‘ng o‘tkazib yuborgan har bir kun uchun "Barselona"ga 20 548 yevro to‘laydi. Shu tariqa, dasturning 129 kuni uchun “Barselona” 2 650 692 yevro miqdorida tovon puli oladi.