Dortmundning “Borussiya” klubi futbolchilaridan birini yo‘qotdi. “Bamblar” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Niklas Zyule yaqin haftalarda, balki hatto oylarda ham jamoaga yordam bermaydi.
"Bu uning oldingi jarohati. Keyinchalik nima qilishni hal qilamiz. Ammo haqiqat shundaki, tiklanish biroz vaqt talab etadi", - deya Shahinning so‘zlarini keltiradi "Borussiya" matbuot xizmati.
Zyule bu mavsum boshida to‘pig‘idagi muammo tufayli bir necha hafta o‘tkazib yubordi.