Italiyaning Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, "Napoli" vingeri Xvicha Kvarasxeliya klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar 2029-yilgacha maoshlar va turli bonuslar bilan tuzilgan shartnomani uzaytirish bo‘yicha ishlarni qayta boshlashgan. Yil oxirigacha tomonlar o‘rtasidagi barcha nyuanslarni hal qilish mumkin bo‘ladi.
Hozirda Xvichaning "Napoli" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Klub futbolchiga maoshini 6 million yevrogacha oshirishni taklif qilgan va bu summani oshirish niyatida emas. Yaqinda "Napoli" agar futbolchi rahbariyatning shartlariga rozi bo‘lmasa Kvarasxeliyani sotishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.