Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning yozishicha, "Manchester Yunayted" "Bavariya"ning markaziy yarim himoyachisi Konrad Laymerning o‘yinidan hayratda qolgan.
Biroq ma’lum qilinishicha, mankunianliklar 27 yoshli avstriyalik futbolchining transferi borasida muzokaralar olib borishmayapti. Klubning transfer bozorida boshqa maqsadlari bor.
Laymerga "Manchester Yunayted" qiziqayotgani haqida ma’lumotlar bor edi.
Laimer, o‘z navbatida, muhim o‘yinchi sanaladigan "Bavariya"da qolishni istaydi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 17 ta o‘yinda ishtirok etdi.