Bremenning "Verder" klubi markaziy yarim himoyachisi Nabi Keyta faoliyatini "Ferensvarosh"da davom ettiradi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, Vengriya klubi gvineyalik futbolchini sotib olish imkoniyati bilan bir yillik ijarasi bo‘yicha kelishib olgan.
29 yoshli yarim himoyachi allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Keyta so‘nggi o‘yinini 30 mart kuni Bundesliga doirasida "Volfsburg"ga qarshi o‘tkazgan (0:2).