Kristian Pulishich jarohati sabab yanvargacha maydonga tusha olmasligi mumkin.
"Milan" yarim himoyachisi juma kuni A Seriyaning 15-turidan o‘rin olgan "Atalanta"ga qarshi o‘yinda (1:2) jarohat oldi.
MRT natijalariga ko‘ra, futbolchiga o‘ng oyog‘ining boldir mushagida yorilish borligi aniqlangan. Bir hafta ichida takroriy o‘rganish o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, futbolchi yanvargacha safdan chiqishi mumkin.
U katta ehtimol bilan 3 yanvar kuni Saudiya Arabistonida "Yuventus"ga qarshi Italiya Superkubogi yarim finalida qaytishi mumkin.
Pulishich joriy mavsum A Seriyada 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.