Kilian Mbappe futboldagi tig‘iz taqvim haqida gapirdi.
"Siz bizning o‘ynashimizni xohlaysiz, biz o‘ynaymiz. Ammo bizda tiklanish davri yo‘q. Men har doim o‘ynashni xohlayman. Ammo tiklanish uchun vaqt bering.
NBAda basketbolchilar to‘rt oylik ta’tilga ega. Biz ikki hafta ta’tildamiz. Ushbu ikki haftadan so‘ng sizning ahvolingiz to‘liq tahlil qilinadi. Ikkinchi haftada siz yana yugurishni boshlaysiz, bu dam olish emas.
Eng ko‘p maosh oladigan sportchilar reytingiga qarasam, boshqa sport turlari vakillarini ko‘raman. To‘g‘ri, ko‘p pul topamiz. Men o‘ynashni xohlamaymiz, demoqchi emasman, lekin bizga dam bering", - deydi madridlik hujumchi.