"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Lui Saa Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi. Portugaliyalikning “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
"Ronaldu Premyer-ligaga qaytadimi yoki yo‘qmi bilmayman. Bu yigit haqida biror narsani oldindan aytish qiyin. Bu vaqtgacha u shuncha gol urdi deb kim aytdi?
Ronalduda oddiy odamlarda yo‘q narsa bor. U aqlga sig‘magani uchun hamma narsani qila oladi. Ronaldu hali ham ko‘p ish qila oladi", dedi Saa.