"Tottenxem" prezidenti Daniel Levi Ange Postekoglu kelajagi borasida bir qarorga keldi. Daily Mail xabariga ko‘ra, London klubi rahbari jamoa murabbiyini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Postekoglu yaqin orada ishdan bo‘shatilmaydi.
O‘zingizga ma’lumki, “Tottenxem” so‘nggi paytlarda o‘z muxlislarini tez-tez xafa qilyapti. Barcha musobaqalardagi so‘nggi yetti uchrashuvda londonliklar faqat bitta g‘alabani nishonlashga muvaffaq bo‘lishdi.
“Tottenxem” ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. Postekoglu jamoasi navbatdagi o‘yinni 12 dekabr kuni Yevropa Ligasi doirasidagi “Reynjers”ga qarshi o‘tkazadi.