"Shaxtyor" sport direktori Dario Srna Chempionlar ligasi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o‘yindan oldin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Afsuski, PSV bilan o‘yinda juda katta imkoniyatni qo‘ldan boy berdik. Hali uchta o‘yin bor va hamma narsa bo‘lishi mumkin.
Ishoning, “Shaxtyor” “Bavariya”ni mag‘lub etib, keyin Ukraina chempionatida jamoaga yutqazishi mumkin. Bu futbol va shuning uchun biz uni sevamiz. Lekin biz muddatidan oldin taslim bo‘lmoqchi emasmiz, seshanba kuni bor e’tiborimizni albatta g‘alaba qozonishga qaratganmiz.
Albatta, "Bavariya" dunyoning eng kuchli klublaridan biri, ammo o‘yin boshlanishidan oldin bizni hech kim hisobdan chiqara olmaydi. Oldinda bizni kamida 90 daqiqa yaxshi futbol kutib turibdi", dedi Srna.
"Shaxtyor" - "Bavariya" o‘yini 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.