«Vest Xem»ning yamaykalik hujumchisi Maykl Antonio yo‘l-transport hodisasiga uchraganidan so‘ng kamida bir yil o‘ynamaydi, deb xabar beradi «The Guardian».
34 yoshli hujumchi oyog‘ida jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi va deyarli 100 foizlik ehtimol bilan bu mavsumda maydonga tushmaydi va futbolchini reabilitasiya qilishda ishtirok etayotgan shifokorlarning prognozlariga ko‘ra, voqeadan keyin tiklanishning minimal muddati bir yilni tashkil etadi. Maykl faoliyatini yakunlashi ehtimoli bor.
Joriy mavsumda Maykl Antonio klub miqyosida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.