Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente futbolchilarning og‘ir jarohatlarida aybi yo‘q ekanligini aytdi.
“Odamlar Gavining jarohatidan foydalanib, meni ayblashlari meni bezovta qildi. Ayb izlashning hojati yo‘q, bu futbol. Karvaxal ham xuddi shunday jarohat oldi lekin men «Real»da murabbiy emasman", - dedi de la Fuente.