“Brayton” hujumchisi Joau Pedro faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.
Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli braziliyalik hujumchiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Kanonirlar" markaziy hujumchi pozisiyasini kuchaytirishlari kerak. Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida Pedro to‘qqizta o‘yinda ishtirok etdi. Hujumchi to‘rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Brayton” Angliya chempionati jadvalida sakkizinchi, “Arsenal” esa uchinchi o‘rinda bormoqda.