Yozda Rayan Sherkiga ko‘plab klublar qiziqish bildirishdi, ammo futbolchi "Lion"da qoldi. “To‘quvchilar”ning moliyaviy qiyinchiliklarini inobatga olgan holda jamoa rahbariyati qishki transfer oynasida hujumchini sotishga majbur bo‘lishi mumkin.
Fransiyalik futbolchiga "PSJ", Dortmundning "Borussiya"si va "Kristal Pelas" klublari qiziqish bildirmoqda. Transfer taxminan 30 million funt sterlingga tushishi kutilmoqda. Hujumchi yanvarda "Lion"ni tark etsa, Chempionlar ligasining top-klubida o‘ynashni istaydi.
Sherki joriy mavsumda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.