"Bavariya" darvozaboni Daniel Peres jamoadoshi Manuel Noyer haqida gapirdi.
"Noyer mening kumirim bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Hozir biz do‘stmiz va bir-birimizni yaxshiroq bo‘lishga undaymiz, men bundan juda xursandman. "Xaydenxaym" bilan o‘yin oldidan u menga xabar yubordi va omad tiladi.
Manuel menga o‘z tajribasi bilan ko‘p yordam beradi, ko‘p maslahatlar beradi. Bundesligada ilk bor maydonga tushish bu haqiqatga aylangan orzu bo‘ldi", - deydi darvozabon.
Noyer “Xaydenxaym”ga (4:2) qarshi o‘yinni qovurg‘asi jarohati tufayli o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, “Bayer”ga qarshi kubok o‘yinida (0:1) afsonaviy germaniyalik qizil kartochka olgan edi.