“Liverpul” va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jeymi Karrager “Tottenxem” ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozongan Londonning "Chelsi" haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu "Chelsi" autsayder emas. Klub 1,4 milliard yevro sarfladi. Ularning bu mavsumda qilayotgan ishlari hayratlanarli. "Chelsi" chempionlik uchun kurashish uchun to‘g‘ri yo‘lda", - dedi Karrager.
Ayni vaqtda London jamoasi 31 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Aristokratlar" birinchi o‘rindagi "Liverpul"dan to‘rt ochko ortda qolmoqda.