«Yuventus»ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 2025 yilning yozida Klaudio Ranyeri ketganidan keyin «Roma»ni boshqarishga asosiy nomzodlardan biri.
Tomonlar hali muzokara o‘tkazmagan. Qayd etilishicha, Allegrining nomzodini uni juda yaxshi biladigan va hurmat qiladigan Ranyeri taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Klaudio mavsum oxirigacha bosh murabbiy sifatida ishlaydi, keyin esa katta ijrochi direktor lavozimiga o‘tadi. U klub egasining barcha sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ladi, shuningdek, yangi bosh murabbiy izlashda yordam beradi.
Allegrining so‘nggi ish joyi «Yuventus» bo‘lib, u 2024 yilning may oyida tark etgan. Avvalroq, Massimilano «Vest Xem» bosh murabbiyi lavozimiga da’vogarlardan biri ekanligi haqida ma’lumotlar bor edi.