Angliyaning "Vest Xem" klubi yaqinda dahshatli baxtsiz hodisaga uchragan hujumchisi Maykl Antonio haqida bayonot berdi.
"Vest Xem Yunayted" Maykl Antonio shanba kuni tushdan keyin yo‘l-transport hodisasi oqibatida oyoq-qo‘li singanidan so‘ng operasiya qilinganini tasdiqlashi mumkin", - deya e’lon qildi klub ijtimoiy tarmoqlarda.
Matbuot xizmati shuningdek, forvard yaqin kunlarda shifokorlar nazoratida bo‘lishini ham yozdi. Klub, agar kerak bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot berishini aytdi, shuningdek, favqulodda vaziyatlar xizmatlariga halokatdan so‘ng hujumchini qutqarishda hamkorlik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.