"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmerni maqtadi. Yakshanba kuni “ko‘k-anorranglilar” mehmonda “Tottenxem”ni mag‘lub etishdi (4:3), 22 yoshli futbolchi penaltidan ikkita gol urdi.
"U ikkita penaltini aniq amalga oshirdi va Enso Fernandesga assistentlik qildi. Palmer to‘pni qo‘lga kiritsa, raqiblar qo‘rqib turishadi.
O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, “Chelsi”ning ko‘plab iqtidorli futbolchilari bor, jumladan, Janfranko Dzola va Eden Azar. Bu yerdagi 18 oy ichida Palmer Dzoladan ko‘ra ko‘proq narsaga erishgan bo‘lishi mumkin. Agar u xuddi shu yo‘nalishda davom etsa, "Chelsi"ning eng buyuk futbolchilaridan biri sifatida tarixga kiradi", - dedi Karrager.