"Sevilya" bosh murabbiyi Garsiya Pimyenta fikricha, "Atletiko" La Liga chempionligi uchun kurasha oladi.
"Mening fikrimcha, "Atletiko" "Real" va "Barselona" bilan birga chempionlikka da’vogar", - dedi Pimyenta o‘yindan keyin.
"Barselona" 17 turdan keyin 38 ochko jamg‘argan holda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 16 tadan o‘yin o‘tkazgan "Real" va "Atletiko" mos ravishda 2 va 3 ochko ortda qolmoqda.