"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska yarim himoyachi Koul Palmerning muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.
"Ko‘klar" yetakchisi yakshanba kuni "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, 61 va 84-daqiqalarda penaltilarni golga aylantirdi. Uchrashuv "Chelsi"ning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Men Koulni anchadan beri bilaman va unga hamma narsada to‘liq ishonaman. Fantastik yigit. U katta o‘yinlarda o‘ynashni o‘rganadi, raqiblar unga qarshi alohida himoyalanadi. Bugun uni butun o‘yin davomida Iv Bisuma qo‘riqladi.
Palmer yaxshilanishda va gol urishda davom etmoqda. Bu bizni ham, uni ham xursand qiladi", - deya Enso Mareska so‘zlarini keltiradi BBC.