"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska himoyachi Mark Kukurelyaning "Tottenxem"ga (4:3) qarshi o‘yindagi golga olib kelgan xatolari haqidagi savolga javob berdi.
"Bu savol Mark uchun. Bu sodir bo‘lishi mumkinligini bilmayman. Afsuski, bu bir xil o‘yinchi bilan ikki marta sodir bo‘ldi, lekin shunday bo‘lib turadi.
Futbolchilarimiz qaysi butsada o‘ynashmni o‘zlari hal qiladi. Eng muhimi, ikkita gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ham vaziyatlar yaratishda davom etdik.
Uchrashuvdan so‘ng Kukurelya menga o‘yinga hissiyot qo‘shmoqchi ekanligini aytdi!" – dedi Mareska Sky Sports nashriga bergan intervyusida.