"Liverpul" Muhammad Salohga yangi shartnoma taklif qildi.
The Athletic xabariga ko‘ra, klub 32 yoshli vingerga joriy mavsum oxirida tugaydigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha taklif yuborgan.
Qayd etilishicha, ayni damda "Liverpul" va Saloh kelishuvdan uzoqda - shartnomani uzaytirish imkoniyatlari oshib borayotganiga qaramay, ayni damda misrlik futbolchining klubda qolishiga ishonch yo‘q.
Joriy mavsumda Saloh "Liverpul" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi – vinger gol urish bo‘yicha APLda peshqadamlik qilmoqda.