«Bavariya» 2023/24 yilgi mavsumda rekord darajadagi daromad haqida hisobot berdi.
O‘tgan moliya yilida «Bavariya»ning umumiy daromadi, shu jumladan basketbol va futbol klublarining daromadi 1,017 milliard yevroni tashkil etdi. Klubning futbol yo‘nalishiga rahbarlik qilayotgan «Bayern München AG» 951,5 mln yevro miqdorida rekord darajadagi daromadga erishdi.
Klubning soliqqa tortishdan oldingi daromadi o‘tgan hisobot davriga nisbatan 15 foizga oshib, 62,7 million yevroni tashkil etdi. «Bavariya»ning sof foydasi 43,1 million yevroni tashkil etdi - bu o‘tgan mavsumga nisbatan 21 foizga ko‘p. Bundan tashqari, klub qarzlar yo‘qligi haqida hisobot berdi.