Paula Fonseka A seriyada hakamlarni tanqid qilgani uchun diskvalifikasiya qilinishi mumkin.
"Milan" bosh murabbiyi A Seriyada "Atalanta"ga (1:2) qarshi o‘yindagi hakamlikni tanqid qildi.
Italiya futbol federasiyasi prokuraturasi murabbiyning so‘zlari asosida ish ochmoqchi. Qayd etilishicha, hakamlarga ular umuman yoqmagan.
Bu gaplar o‘ta jiddiy ayblov sifatida qabul qilingani bois, ular nafaqat jarimaga, balki murabbiyning diskvalifikasiyasiga ham olib kelishi mumkin.
Ayni paytda turli telekanallar orqali efirga uzatilgan intervyu va gazeta maqolalari lavhalari olingan bo‘lib, ular ishni ochish uchun material bo‘lib xizmat qilgan. Prokuror Juzeppe Chin barcha mavjud yozuvlarni olishi va qaror qabul qilishi kerak.