«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes haqida fikr bildirdi.
«Xavi bilan menda ko‘p imkoniyatlar bo‘lmadi, lekin bu menga ruhiy jihatdan kuchli bo‘lishimga yordam berdi. Ba’zida o‘ynay olaman deb o‘ylardim, lekin bunday bo‘lmadi. Shunga qaramay, men Xavidan juda minnatdorman. U menga asosiy jamoada debyut qilishimga imkon bergan murabbiy», - deya Kasado so‘zlarini keltiradi "Barca Universal".
Eslatib o‘tamiz, Xavi 2021 yildan 2024 yilgacha «Barselona»ni boshqargan. O‘tgan yozda uning o‘rnini Xans-Diter Flik egalladi.